
Rasman! Van Deyk APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
“Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk Angliya premer-ligasining joriy mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Aytish lozimki, 27 yoshli gollandiyalik futbolchi muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra Serxio Aguero ("Manchester Siti"), Eden Azar ("Chelsi"), Sadio Mane ("Liverpul"), Muhammad Saloh ("Liverpul"), Bernardu Silva ("Manchester Siti") va Raxim Sterling ("Manchester Siti") kabi futbolchilarni ortda qoldirishga erishdi.
Ma’lumot uchun, van Deyk joriy mavsum APLda jami 37ta o‘yinda ishtirok etdi va 4ta gol hamda 2ta golli uzatmaga mualliflik qildi. "Liverpul"da esa bugun chempionlikni qo‘lga kiritish imkoniyati mavjud.
Fikrlar