Bugun APLda chempionlik taqdiri hal bo‘ladi

  • 12.05.2019 09:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Angliya premer-ligasida so‘nggi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. E’tiborlisi, dunyoning eng tomoshabon ligasida chempionlik intrigasi so‘nggi turgacha saqlanib qoldi.

Ayni damda “Manchester Siti” 95 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Biroq, undan keyingi pog‘onani egallab turgan “Liverpul” hisobida 94 ochko bor va mersisaydliklarni peshqadamdan bor yo‘g‘i 1 ochko ajratib turibdi xolos.

So‘nggi turda Xosep Gvardiola jamoasi safarda “Brayton” mehmoni bo‘lsa, Yurgen Klopp shogirdlari “Enfild”da “Vulverxempton” qarshiligini sindirishga harakat qilishadi. Bugun APLning barcha o‘yinlari bir vaqtda – 19:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!