Rasman! "Vest Xem" futbolchisi faoliyatini Turkiyada davom ettiradi
Londonning “Vest Xem Yunayted” jamoasi yarim himoyachisi Sofian Feguli faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.
27 yoshli futbolchini “Galatasaroy” klubi o‘z safiga qo‘shib oldi. Turk klubi Jazoir terma jamoasi a`zosi uchun “bolg‘achilar”ga 4,25 mln evro to‘ladi.
Futbolchi bilan esa 5 yillik shartnoma imzolangani aytilmoqda. Uning bu erdagi yillik maoshi esa 3,85 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar