
Rasman! Veynaldum — “Roma” futbolchisi (foto)
Yarim himoyachi Jorjino Veynaldum faoliyatini “Roma”da davom ettiradi. Rim klubi futbolchini ijaraga oldigani haqida rasman ma’lum qildi.
Shartnomada futbolchini kelasi yozda sotib olish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.
Oldinroq 31 yoshli gollandiyalikning ijarasi rimliklarga 5 million evroga tushishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
O‘tgan mavsumda Veynaldum PSJning barcha turnirlar doirasidagi 38 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar