
Rasman! Xuanfran "Atletiko"dan ketganini e’lon qildi
Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Xuanfran jamoadan ketgani haqida e’lon qildi.
“Bu mening “Atletiko”dagi so‘nggi kunim. Tez orada bu erga yana qaytaman degan umiddaman. Bu jamoada o‘tgan yillar ajoyib edi, bu erdagi paytlar mening faoliyatimdagi eng zo‘r damlar bo‘lib qoladi”, - deydi 34 yoshli futbolchi.
Ma’lumot uchun, Xuanfran “Atletiko” safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida “matraschilar” libosida jami 355ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 41ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. U madridliklar bilan jami 7ta sovrin qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Antuan Grizmann, Diego Godin va Lukas Ernandeslar ham "Atletiko"dan ketganliklari haqida e’lon qilishgan edi.
Fikrlar