Rasman! Xusniddin G‘ofurov endi "Qo‘qon-1912" futbolchisi

  • 27.07.2024 18:55
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol

"Qo‘qon-1912" jamoasi yana bir tajribali va mahoratli futbolchi bilan shartnoma imzoladi.

"Qo‘qon-1912" jamoasi O‘zbekiston terma jamoasi sobiq a’zosi, mamlakat chempioni, kubogi sohibi, bir necha yillar davomida legioner bo‘lib harakat qilgan Husniddin G‘ofurov bilan shartnoma tuzdi. 

Futbolchi faoliyati davomida "NBU-Osiyo", "Yavor" (Serbiya), OKMK, "Lokomotiv", "Mladost" (Serbiya), "Neftchi", "Paxtakor" kabi kuchli va nomdor jamoalar safida harakat qilgan.

Hujumkor yarim himoyachi O‘zbekiston Milliy terma jamoasi safida 6 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Husniddin G‘ofurov
Tug‘ilgan sanasi: 29.07.1994
Ampluasi: Hujumkor yarim himoyachi

"Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Мамажонов Уткиржон
27/07/2024 21:29
Кукон.1912ни.таркатиб.юбориш.кэрак