Rasman! Yaponiya terma jamoasi a’zosi Belgiya klubiga o‘tdi

  • 24.07.2023 13:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yaponiya terma jamoasi himoyachisi Kento Misao Portugaliyaning “Santa Klara” klubidan Belgiyaning “AX Lyoven” klubiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

27 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Transfer narxi esa hozircha ochiqlanmagan. Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Misao “AX Lyoven” tarixidagi birinchi yaponiyalik futbolchiga aylandi.

Kento markaziy yarim himoyachi pozitsiyasida to‘p surishi mumkin. U zarur bo‘lsa, markaziy himoyachi sifatida ham maydonga tushishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!