Rasman: Yoaxim Lyov terma jamoadan ketadi!

  • 9 mart, 2021, 15:44
  • Abdullajon .
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi o‘yinlardagi ko‘plab qoniqarsiz natijalar hamda sensatsion mag‘lubiyatlari tufayli Germaniya terma jamoasining afsonaviy bosh murabbiyi Yoaxim Lyov murabbiylik lavozimidan ozod etiladigan bo‘ldi. "Nemis mashinasi" shu yozda terma jamoa bosh murabbiyligiga yangi nomzodni tayinlaydi.

Tecno

Yoaxim Lyov uchun "Evro-2021" turniri terma jamoa murabbiyligidagi eng so‘nggi musobaqa bo‘lishi ma’lum qilingan. Eslatib o‘tamiz, nemis mutaxassisi Germaniya terma jamoasini 2014-yilda Jahon Chempioni qilgan hamda 2017-yilgi Konfederatsiyalar Kubogida zafar quchgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!