Rasman! "Yuventus" Daniloni sotib olganini e’lon qildi

  • 08.08.2019 08:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus" klubi o‘zining rasmiy saytida "Manchester Siti" himoyachisi Daniloni sotib olganini e’lon qildi.

Unga ko‘ra 28 yoshli braziliyalik futbolchi turinliklar bilan 2024 yillik shartnoma imzoladi. A Seriya chempioni uning transferi uchun “shaharliklar”ga 37 mln evro to‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, “Yuve”ning o‘zi portugaliyalik himoyachisi Joau Kanseluni “Siti”ga 65 mln evroga sotib yubordi.

Ma’lumot uchun, Danilo “Manchester Siti” da 2017 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 60ta o‘yinda maydonga tushdi va 4ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!