
Rasmiy xabar! "Nasaf" Abduvohid Ne’matov bilan shartnomani uzaytirdi
"Nasaf" Abduvohid Ne’matov bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda "ajdarlar" matbuoti xabar berdi.
"Nasaf" futbol klubi mohir darvozabon Abduvohid Ne’matov bilan shartnomani uzaytirdi. Abduvohid keyingi mavsumda ham jamoamiz darvozasini qo‘riqlaydi va ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritishga yordam beradi.
Hamkorlikning uzaytirilishi barchamiz uchun samarali bo‘ladi degan umiddamiz", - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 23 yoshli posbon o‘tgan mavsum Superligada 25 ta o‘yin o‘tkazib, 16 ta gol o‘tkazdi va 14 o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Fikrlar