Rasmiy xabar! "Paxtakor" Chineduni o‘z safiga qo‘shib oldi
Stefan Chinedu - "Paxtakor" futbolchisiga aylandi.
"Jamoamiz nigeriyalik futbolchini mavsum oxirigacha "Surxon"dan ijaraga oldi. 26 yoshli hujumchi joriy mavsum termizliklar safida rasmiy 14 uchrashuvda 11 gol urib, 2 assist muallifi bo‘lgan. O‘zbekiston ga kelguncha u faoliyatida Xorvatiyaning "Neretvanac", "Xayduk", "Dugopole", "Solin", Albaniyaning "Dinamo", Bosniya va Gertsegovinaning "Shiroki Brieg", Serbiyaning "Radnichki" va "Radnich" klublarida to‘p tepgan.
Biz Chineduning jamoamizdagi faoliyati omadli chiqishiga umid bildiramiz.
"Paxtakor"ga xush kelibsan, Stefan!", - deya yozdi "sherlar" matbuot xizmati.

Fikrlar