Rasmiy xabar: PSJ supertalantni sotib yubordi

  • 01.09.2026 17:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yevropa Chempionlar ligasi va Frantsiya chempionatining amaldagi g‘olibi “Pari Sen-Jermen” klubi matbuot xizmati 18 yoshli hujumchi Ibrohim Mbaye Birmingemning “Aston Villa” klubiga transfer qilinganligi bo‘yicha rasmiy xabar chiqardi.

- Ibrohim Mbaye 10 yoshida qo‘shilgan, akademiyaning barcha bosqichlaridan o‘tgan, asosiy jamoada o‘zini ko‘rsatgan va klub bilan birga sakkizta sovrinni qo‘lga kiritgan klubini tark etmoqda.

18 yoshli hujumchi “Aston Villa” futbolchisiga aylandi. PSJ Ibrohimning rivojlanishidan faxrlanadi, unga minnatdorchilik bildiradi va faoliyatida eng yaxshi tilaklarni tilaydi, - deyiladi parijliklar matbuot xizmati tomonidan X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan xabarda.

Mbaye 2018 yilda PSJ akademiyasiga qo‘shilgan. U 2024 yilda, 16 yoshida, parijliklarning asosiy jamoasida debut qilgan.

Umuman, Mbaye PSJ safida 42 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urgan va 4 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!