
Rasmiy xabar! "Surxon" sobiq murabbiyi Sergey Arslanov "Neftchi"da ish boshladi (foto)
Sergey Arslanov "Neftchi" murabbiyi sifatida faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda farg‘onaliklar klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun "Neftchi"ning murabbiylar shtabiga tajribali va yosh mutaxassis Sergey Sergeevich Arslanov qo‘shildi. Ma’lumot o‘rnida, Sergey Arslanov 1986 yilda Tojikistonning Leninobod viloyatida tavallud topgan.
Keyinchalik yurtimizga ko‘chib o‘tib, shu erda tahsil olgan va 2005 yildan mehnat faoliyatini boshlagan. Faoliyati davomida mamlakatimizning "Buxoro"," Mash’al", "Sho‘rtan" va Qirg‘iz Respublikasining "Dordoy" kabi taniqli klublarida, shuningdek, O‘zbekiston U-16 hamda "Uzdongju" jamoalarida ishlagan tajribali mutaxassis, o‘tgan futbol mavsumini Termizning "Surxon" klubida bosh murabbiy sifatida olib borgan.
"Tahlilchi murabbiy sifatida ishga kirishgan ushbu mutaxassisning "Neftchi"dagi faoliyatida omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz!", - deyiladi xabarda.
Fikrlar