Ravshan Ermatov Tojikistonga jo‘nab ketayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bilan uchrashdi

  • 16.11.2021 20:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, 19-23 noyabr kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shaxrida CAFA U-15 turniri o‘tkaziladi. Mazkur musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Toshkentda yig‘in o‘tkazmoqda.

Bugun Chig‘atoy bazasida o‘tkazilgan nazariy mashg‘ulotiga O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov tashrif buyurdi.

ermatov2_1

Server Jeparov boshchiligidagi murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va imkoniyatlari xususida suhbatlashildi. Har kunlik tayyorgarlikka zamonaviy yondashish, yangi texnologiyalarni jalb etish, sport tibbiyoti, vitaminizatsiya va tiklanish jarayoniga jiddiy e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur jamoa 2028 yilda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga maqsadli va tizimli tayyorgarlik olib borishi, keyingi yilgi Osiyo chempionati saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, turnirning final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishi, shuningdek, 2023 yil o‘tkaziladigan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishi maqsad qilingan.

Ravshan Ermatov futbolchilar bilan suhbatda kelajakda milliy terma jamoa safida ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, sportimiz faxri bo‘lishiga tilak bildirildi. Bu yo‘lda axillik, maydonda va undan tashqarida bir jamoa bo‘lish, terma jamoa safida “men” emas, balki “biz” degan so‘z ustuvor bo‘lishi zarurligini e’tirof etdi.

ermatov_2

“Sizda kelajakda Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisiga aylanish imkoni bor. Ana shu orzuga etishish uchun hozirdan o‘z oldingizga yuqori maqsad qo‘yishingiz kerak. Bunga iroda, sabr, intizom kabi hislatlarni namoyish etib, eng muhimi, tinmay mehnat qilgan holda erishish mumkin”, - deya ta’kidladi Ermatov.

Eslatib o‘tamiz, vakillarimiz CAFA U-15 turnirida ishtirok etish uchun ertaga Dushanbe shahriga jo‘nab ketishadi. Server Jeparov shogirdlarining dastlabki o‘yini 19 noyabr kuni Eronga qarshi o‘tkaziladi.

O‘FA matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!