Ravshan Haydarov: "Jamoa Osiyo kubogi va Olimpiyada uchun puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda"

  • 12.12.2025 22:08
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston U-21 terma jamoasi Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Bosh murabbiy Ravshan Haydarov yig‘in, tayyorgarlik va navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinlari xususida fikr bildirdi.

"Osiyo kubogiga birinchi bosqich uchun tayyorgarligimiz Toshkentda bo‘lib o‘tmoqda va bu jarayon ikki hafta davom etadi. Birinchi haftasi ham o‘z nihoyasiga etib bormoqda. Yigitlarning jismoniy tayyorgarligiga urg‘u berib, o‘gir mavsum o‘tkazgan futbolchilar bor, shularning holatini yaxshilashga harakat qilyapmiz. 
 
Ikkinchi bosqich tayyorgarligimizda 2 ta o‘yinimiz bor. Iordaniya va Qatar terma jamoalari bilan. Albatta, bu uchrashuvlar o‘yinimizni shakllantirishga va yaxshilashga yordam beradi. 
 
Osiyo kubogiga yosh tarkib, Olimpiya yoshidagi o‘yinchilar bilan ketyapmiz. 2 yosh katta futbolchilarga qarshi o‘ynasak-da, keyingi bo‘ladigan Olimpiyada bellashuvlariga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, tajribali bo‘lib borishni maqsad qildik",
- deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi U-21 terma jamoa murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!