Ravshanbek Umurzoqovning chempionlik jangidagi raqibi ma’lum bo‘ldi

  • 25 mart, 2019, 17:41
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, professional bokschimiz Ravshanbek Umurzoqov o‘zining navbatdagi jangini Moldova poytaxti Kishinyov shahrida o‘tkazishi haqida xabar bergan edik.

Tecno

Mazkur jangda hamyurtimizga filippinlik tajribali bokschi Roberto Gonsales raqiblik qiladi. Bu bokschi professional ringda 28 ta jang o‘tkazib, shulardan 24 tasida zafar quchgan bo‘lsa (17 nokaut), 4 tasida mag‘lubiyat alamini tortgan.

Bokschilar ushbu to‘qnashuvda “Asian International Championship” kamari uchun ringga chiqadi. Jang 13 aprel kuni (Toshkent vaqti bilan 12 aprel) bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ushbu jang kechasida yana bir bokschimiz Sardor Muzaffarov ham ringga chiqishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ravshan Umurzoqov etti marta ringga ko‘tarilib, ularning barchasida zafar quchgan (6 nokaut) bo‘lsa, Sardor Muzaffarov 5 marta ringga chiqib, 4 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!