
Rayan Garsiya va Lyuk Kempbell jangiga qaysi arena mezbonlik qilishi ma’lum bo‘ldi
Professional boksning engil vazn toifasida (61 kg) vaqtinchalik WBC jahon chempionlik kamari uchun Rayan Garsiya va Lyuk Kempbell jangi 2 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi tasdiqlangan edi. Jang Amerika Qo‘shma Shtatlarining Texas shtati, Dallas shahridagi "American Airlines Center" majmuasida bo‘ladi. Ushbu sport inshooti Amerika havo yo‘llari aviakompaniyasiga qarashli bo‘lib, unda asosan Milliy basketbol ligasi bahslari o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jang g‘olibi hozirda Devin Xeyniga tegishli jahon chempionlik kamari uchun majburiy da’vogar bo‘ladi.
Fikrlar