Rayolaning mashhur mijozi u bilan shartnomani to‘xtatdi

  • 13 aprel, 2020, 23:13
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Napoli" hujumchisi Lorenso Insine ortiq Mino Rayola bilan ishlamaydi. Bunga sabab sifatida futbolchining Neapol klubida qolish niyatida ekanligi ko‘rsatilmoqda. Lorenso aynan Neapolda tavallud topgan va klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli futbolchining jamoasi bilan shartnomasi 2022 yilgacha mo‘ljallangan. Italiyalik vinger ushbu mavsumda A seriyada 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va shuncha golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!