
"RB Leyptsig" mavsumni mag‘lubiyat bilan boshladi (video)
Bugun Germaniya Bundesligasining yangi 2021/22 yilgi mavsum 1-turidan o‘rin olgan “Maynts” hamda “RB Leyptsig” jamoalari bahsi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv taqdirini 13-daqiqada mezbonlar a’zosi Mussa Niakate tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi. Shu tariqa “Maynts” mavsumni g‘alaba bilan, “RB Leyptsig” esa mag‘lubiyat bilan boshladi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar