
"RB Leyptsig" "Real" ko‘zlayotgan futbolchi bilan shartnoma imzolaydi
Avstriyaning "RB Zaltsburg" klubi yarim himoyachisi Dominik Soboslai faoliyatini "RB Leytspig"da davom ettiradi. Bu haqda Kicker nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, nemis klubi 20 yoshli futbolchi uchun 20 million evro to‘lashga tayyor. Unga "Real" ham xaridor bo‘lmoqda. Ammo "RB Zaltsburg" va "RB Leyptsig" klublarining xo‘jayini bitta, ya’ni Avstriyaning "Red Bull" kompaniyasi bo‘lgani ushbu transferning ishini Bundesliga klubi tomoniga hal qilinishini ta’minlaydi.
Soboslai joriy mavsum "RB Zaltsburg" safida jami 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8 ta gol hamda 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning avstriyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar