"Real", "Inter", Manchester Siti" bir futbolchini ko‘zlamoqda

  • 06.04.2020 15:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"River Pleyt" klubi himoyachisi Lukas Martines Kuarta Evropa grandlarining qiziqishlariga sabab bo‘la boshladi.

Mundo Deportivo nashrining ma’lum qilishicha, 23 yoshli argentinalik futbolchiga "Real", "Valensiya", "Inter" va "Manchester Siti"dan jiddiy takliflar bor. Biroq, Kuarta uchun kurashda “qirollik klubi”ning imkoniyati boshqalarnikidan yuqoriroq baholanmoqda.

Ushbu futbolchining ayni damdagi transfer narxi 12,5 mln evroga baholanmoqda. Uning “River Pleyt” bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan. Shu bois Argentina grandi Kuartani tekinga qo‘yib yubormaslik uchun kelayotgan yoz sotib yuborishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!