
“Real”: 100 million evroga olishga arziydigan faqat bitta yarim himoyachi bor!
Yangi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirishni davom ettirayotgan “Real” yana bir katta transferni amalga oshirishga hozirlik ko‘rmoqda.
Sport Witness va Mundo Deportivo nashrlari “Qirollik klubi”ning navbatdagi nishoni “Oltin to‘p”ning amaldagi sohibi Rodri ekani haqida ma’lumot tarqatdi.
“Real” rahbariyati bugungi kunda 100 million evro to‘lashga arziydigan birgina yarim himoyachi Rodri ekanini ta’riflab, ispan futbolchisi uchun aynan mana summani tikmoqchi.
Shunga qaramay, “Qirollik klubi” mutasaddilari 29 yoshli yulduzni “Manchester Siti”dan olish juda qiyin masala ekanini ham tan oldi. Rodrining o‘zi esa, o‘tgan yili “Real”dan keladigan taklif uning tanlovini o‘zgartirishi mumkinligini bildirgan edi.
Fikrlar