
"Real" 15 yillik antirekordni qayd etdi
Evropa Chempionlar Ligasining dastlabki turida PSJ "Real"ni qabul qildi va 3:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
Ushbu uchrashuvda "qaymoqranglilar" raqib darvozasiga birorta ham aniq zarba berishmadi. ChLda bunday holat so‘nggi bor 2003/04 yilgi mavsumda qayd etilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, La Liganing 4 ta turidan so‘ng, madridliklar 8 ochko to‘plab, 3-pog‘onadan joy egallab turishibdi.
Fikrlar