"Real" 16 yoshli futbolchini sotib olmoqchi
Madridning "Real" klubi "Lion" forvardi Rayan Cherkini o‘z safida ko‘rmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “qirollik klubi” 16 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha frantsuz klubiga taklif yuborgan. Biroq, rad javobini olgan. Chunki, “Lion” yosh iqtidor egasini qo‘yib yuborishni istamayapti.
Ma’lumot uchun, Cherki “Lion” safida joriy mavsum debyut qildi. U 12 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar