"Real" 17 yoshli braziliyalik futbolchi bilan 6,5 yillik shartnoma imzolaydi

  • 7 yanvar, 2020, 17:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyaning “Flamengo” klubi yarim himoyachisi Reyner “Real”ga o‘tishga juda yaqin turibdi.

Tecno

AS nashri tarqatgan xabarga qaraganda tomonlar deyarli kelishuvga erishishgan. Unga ko‘ra 17 yoshli braziliyalik futbolchi “qirollik klubi” bilan 6,5 yillik shartnomaga imzo chekadi.

Reynerning transferi esa “Real”ga 30 mln evroga tushadi. Shundan 24 millioni “Flamengo”ga, 3 millioni uning oila a’zolariga va yana 3 millioni uning agentiga beriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!