Madridning “Real” klubi yana bir shov-shuvli transferni amalga oshirishni rejalashtiryapti. Ma’lumotlarga qaraganda, poytaxt klubini Vinisius Junior tark etishi mumkin.
“Qirollik klubi” braziliyalik legionerga 2026 yilning boshigacha taklif etilgan shartnomani imzolash uchun vaqt bergan. Agar bu ish amalga oshmasa, klub yozda uni sotib yuboradi.
Bosh murabbiy Xabi Alonso Vinisiusdan bo‘shaydigan joyni “Bavariya”da to‘purarlik qobiliyatini namoyish qilib kelayotgan Harri Keynga berishni istayapti.
Harri Keyn ikki yildan beri myunxenliklar safida tinimsiz to‘p kiritmoqda. BILD nashri ma’lumotiga ko‘ra, uning shartnomasida to‘purarni 2026 yilning yozida 65 million evroga transfer qilish imkonini beradigan band bor.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, Madrid klubi rahbariyati Keynni olish yangi davr boshlanishining ramzi bo‘lishini yaxshi tushunadi. Bu nafaqat gollar sonining o‘sishi, balki klubning ambitsiyalarini ham namoyon etadi. Chunki Harri Keyn nomi yuqori darajali hujumchi timsolini ifoda etadi.
Fikrlar