
“Real” A Seriyaning eng zo‘r to‘purariga arzon summa taklif qildi
“Real” yaqin kelajakda Karim Benzema o‘rnini egallashga qodir yangi hujumchi qidirmoqda. Madridliklar ro‘yxatiga “Napoli” forvardi Viktor Osimxen ham kiritilgan.
“Qirollik klubi” 24 yoshli nigeriyalik futbolchi uchun Italiya klubiga 60 million evro berishga qaror qildi.
Transfer mutaxassislari neapolliklar bu taklifni qabul qilmasligini ta’kidlamoqda.Chunki “Napoli” asosiy hujumchisini kamida 80 million evroga baholayapti.
Osimxen joriy mavsumda barcha turnirlarda 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 14 marotaba ishg‘ol qildi. 2020 yili “Lill”dan transfer qilingan futbolchining amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozigacha davom etadi.
Fikrlar