"Real" afsonasi APL klubiga o‘tishi mumkin
Angliya Premer-ligasida natijalari orqaga ketayotgan "Lids" yangi murabbiy olib kelishi kutilmoqda.
Ispan OAV xabariga ko‘ra, jamoa "Real" afsonasi Raul xizmatiga qiziqish bildiryapti. Sobiq futbolchi ayni paytda madridliklarning ikkinchi klubi "Kastilya"da ishlamoqda. Uning boshqaruvida "qaymoqranglilar" o‘tgan mavsum UEFA Chempionlar ligasida g‘alaba qozongandi.
Rahbariyat jamoani Premer-ligaga qaytargan Marselo Belsani iste’foga chiqarib, uning o‘rniga Jessi Marshni tayinlagandi. Ammo lidsliklar hamon xavfli hududdan to‘liq uzoqlasha olmadi, oradagi farq 8 ochkoni tashkil etmoqda.
Avvalroq, ispaniyalik mutaxassis yangi mavsumdan e’tiboran "Real"da Karlo Anchelottining o‘rnini egallashi aytilgandi.



Fikrlar