“Real” afsonasi Saloҳ Madridda o‘ynashini istayapti

  • 25.04.2026 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniya milliy terma jamoasi va “Real” klubida porlagan sobiq futbolchi Fernando Yerro “Qirollik klubi” tarkibida Muhammad Saloҳni ko‘rishni istashini bildirdi.

Afsonaviy futbolchining so‘zlariga ko‘ra, misrlik hujumchi jamoaga katta foyda keltirishi mumkin.

Saloҳ hozir “Liverpul”dagi so‘nggi mavsumini o‘tkazmoqda. Garchi yana bir yillik shartnomasi bo‘lsa-da, yozda jamoadan ketishini rasmiy ma’lum qilgan.

Fernando Yerro uni “Real” yoki “Barselona” kabi grand klubga o‘tishi chempionatga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishini ta’kidladi.

Shuningdek, Saloҳ Angliya chempionatidan tashqari, avval Italiya chempionatida o‘ynagan, ammo hali Ispaniyada to‘p surmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!