“Real” Alonsoга январда ўйинчи олиб бермайдиган бўлди
Madridning “Real” klubi uchun qishki transfer oynasidagi yagona harakat asosiy tarkibga kira olmagan 19 yoshli hujumchi Endrikning ijarа asosida “Lyon”ga o‘tishi bo‘ladi.
Bu haqida COPE xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, “Qirollik klubi” rahbariyati bosh murabbiy Xabi Alonso yozdan beri jamoaga yangi yarim himoyachi olish masalasini ko‘tarayotganiga qaramay, qishki transferlar davrida uning talabi bajarilmasligini bildirdi.
Klub mutasaddilari maydon markazidagi bir necha pozitsiyada ishonchli o‘ynay oladigan futbolchilar yetarli, deb hisoblamoqda. Ular murabbiylar shtabiga yangi transferlarni kutmasdan tarkibdagi yosh o‘yinchilar xizmatidan ham foydalanishni tavsiya qilmoqda.



Fikrlar