“Real” Alonsoni iste’foga chiqarmoqchi. O‘rniga aniq nomzod bor
Qimmatli ikki ochko yo‘qotilganidan keyin madridliklar musobaqa jadvalining birinchi pog‘onasini ashaddiy raqib – “Barselona”ga bo‘shatib berdi.
Madridning “Real” klubi yana La Ligada g‘alaba qozona olmadi. Bu safar madridliklar “Jirona” maydonidagi uchrashuvda Kilian Mbappening goli evaziga mag‘lubiyatdan bazo‘r qutilib qoldi.
Jurnalist Pepe Alvaresning ma’lum qilishicha, “Qirollik klubi” rahbariyati bir necha uchrashuvga cho‘zilgan g‘alabasiz seriyadan keyin bosh murabbiy Xabi Alonsoni iste’foga chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Ispaniyalik mutaxassisning taqdiri yaqin oradagi o‘yinlar natijasiga ko‘ra hal bo‘ladi.
Florentino Peresning ko‘z o‘ngida uning o‘rniga kelishi mumkin bo‘lgan yagona nomzod – Zinedin Zidan bor. Frantsiyalik mutaxassis bungacha ikki bor jamoani muvaffaqiyatli boshqargan. Zian 2021 yili Madrid klubini tark etganidan beri ishsiz yuribdi.
Zinedin Zidan “Real”ni ikki marta boshqargan davrda ketma-ket uch marta (2016, 2017, 2018 yillarda) UEFA Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan yagona murabbiy sifatida tarixga kirgan. Uning uchinchi marta jamoaga qaytishi muxlislar uchun ham, rahbariyat uchun ham katta umidlarni uyg‘otishi mumkin.
Fikrlar