
“Real” Anchelotti o‘rniga hech kim kutmagan murabbiyni olib kelmoqchi
“Real” rahbariyati o‘tgan yilgi muvaffaqiyatlarga qaramay, bosh murabbiy Karlo Anchelotti bilan xayrlashish fikrida sobit turibdi.
TodoFichajes nashri rahbariyat bir necha nomzodlar ro‘yxatini tuzib chiqqanini yozdi. Unga ko‘ra, jamoani qabul qilib olishga Maurisio Pochettino asosiy nomzod bo‘lib turibdi.
“Qirollik klubi” mutasaddilari argentinalik mutaxassis ispan futbolini yaxshi bilishi va professional tajribasi katta ekanini inobatga olib, jamoani aynan Pochettinoga topshirmoqchi.
Bundan tashqari, Maurisioning o‘zi ham “Santyago Bernabeu” mezboniga aylanishni orzu qilishini hech qachon yashirmagan. Bu murabbiy o‘tgan yili yoo‘da PSJni tark etganidan beri ishsiz hisoblanadi.
Fikrlar