
“Real” Angliya yulduzi transferiga qo‘l urmoqda
“Real” mutasaddilari himoya chizig‘ini mustahkamlash borasida ish olib bormoqda. Madridliklar bu pozitsiyaga “Liverpul” va Angliya terma jamoasi himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldni olib kelishni mo‘ljallayapti.
Taniqli jurnalist Kristian Falkning ma’lum qilishicha, futbolchining o‘zi ham “Qirollik klubi”ga ko‘chib o‘tishga moyillik bildirmoqda.
25 yoshli futbolchi klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Trent 2016 yildan beri “Liverpul”ning asosiy tarkibida o‘ynab kelmoqda.
Uning amaldagi shartnomasi yakunlanishiga bir yil qoldi. Bu madridliklarning transfer imkoniyatini oshiradi.
Agar Trent liverpulliklar bilan yangi bitim imzolamasa, klub uni kelasi yoz bepul qo‘ldan chiqarmaslik uchun joriy yozda sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi.
Transfermarkt portali “Liverpul” jami 329 ta uchrashuvda qatnashib, 23 ta gol va 85 ta assist muallifi bo‘lgan o‘yinchini 70 million evroga baholamoqda.
Fikrlar