«Real» APL va Angliya terma jamoasi yulduzini ko‘zlamoqda

  • 08.09.2026 15:17
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Arsenal» yarim himoyachisi Deklan Rays faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Britaniyalik futbolchiga Madriddning «Real» jamoasi jiddiy qiziqish bildirgani aytilmoqda. Bu haqida jurnalist Grem Beyli o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Real» bosh murabbiyi Joze Mourin’yu ingliz yarim himoyachisini yuqori baholaydi va uning «Arsenal»dan Madrid klubiga o‘tishi g‘oyasiga ijobiy qaraydi. Mourin’yu Raysni jamoa markaziy yarim himoyasini sezilarli darajada kuchaytirishi mumkin bo‘lgan futbolchi sifatida ko‘rmoqda.

 

Klub ichidagi ayrim ta’sirli shaxslar ham Deklan Raysni transfer bozoridagi ustuvor nomzodlardan biri sifatida ko‘rishni istamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!