“Real” Arbeloa o‘rniga yangi murabbiy tanladi

  • 11.03.2026 05:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi kelasi mavsum oldidan Alvaro Arbeloa o‘rniga bosh murabbiylikka tayinlanishi mumkin bo‘lgan mutaxassislar ro‘yxatiga Maurisio Pochettinoni ham kiritdi.

Bu haqida ESPN nashri X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, klub yangi sport loyihasi rahbari lavozimi uchun turli nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda.

Pochettino “Real” prezidenti Florentino Peres tomonidan yuqori baholanuvchi murabbiylardan biri hisoblanadi. Hozirda argentinalik murabbiy AQSh milliy terma jamoasini boshqarmoqda.

Alvaro Arbeloa 2026 yil 12 yanvarda Xabi Alonso ketganidan keyin “Real” bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Biroq uning qo‘l ostida jamoa qayd etayotgan natijalar klub rahbariyatini to‘liq qoniqtirayotgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!