"Real" Arbeloa qo‘l ostida nechanchi mag‘lubiyatini qabul qildi?

  • 03.03.2026 04:18
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" bosh murabbiy Alvaro Arbeloa rahbarligidagi 4-magʻlubiyatini qayd etdi. Jamoa La Liganing 26-turi doirasida oʻz maydonida "Xetafe"ga 0:1 hisobida yutqazdi.

Arbeloa bosh murabbiy etib tayinlangandan buyon "Real" barcha musobaqalarda 8 ta gʻalaba qoʻzondi va 4 marta magʻlub boʻldi. Shu jumladan, Ispaniya Kubogi 1/8 finalida "Albasete"ga ham imkoniyatni boy bergan.

Maʼlumot uchun,  ayni paytda "qaymoqranglilar" turnir jadvalida 60 ochko jamgʻarib, 2- oʻrinda bormoqda. Klub peshqadam "Barselona"dan 4 ochko kam toʻplagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!