"Real" "Ayaks" futbolchilarini kuzatib boradi
Marca nashri xabariga ko‘ra, "Real" "Ayaks" futbolchilarini xarid qilish istagida. Bu haqida AS nashri xabar bermoqda
Madridliklar Amsterdam klubi futbolchilari Xakim Ziesh, David Neres va Doni van de Bekning o‘yinlarini kuzatib bormoqda.
"Qaymoqrangliklar" ushbu futbolchilardan birini yoki barchasini sotib olishi mumkin. Ammo madridliklar bunga yozda qaror qilishadi. Bu uchun klub rahbariyati 100 million evro sarflashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, "Real" yozda Pol Pogbani qo‘lga kirita olmasa, van de Bek nomzodiga murojaat qilishi xabar qilingan edi.

Fikrlar