"Real" Azar uchun to‘lagan haqiqiy summa ma’lum bo‘ldi

  • 4 sentabr, 2020, 22:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi"dan sotib olingan vinger Eden Azarning transferi “Real”ga avval boshida aytilganidan qimmatroqqa tushgani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Cope nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “Qirollik klubi” belgiyalik futbolchi uchun 100 mln evro emas, balki 160 mln evro to‘lagan. Bu pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq hujjatlardan ma’lum bo‘ldi. Gap shundaki, pulni nafaqat "aristokratlar", balki uning ikki sobiq klubi - "Lill" va "Tyubiz" ham olgan. Aftidan, ulardan biri ilgari noma’lum bo‘lgan faktlarni jamoatchilikka e’lon qildi.

29 yoshli Azar “Real”dagi debyut mavsumida jami 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!