"Real" baribir APLdan yarim himoyachi olib kelmoqchi

  • 08.03.2026 22:59
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" ikki nafar yarim himoyachini transfer ro'yxatiga kiritgan. Bu haqida "talkSPORT" xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "qaymoqranglilar" "Manchester Siti" futbolchisi Rodri hamda "Nyukasl" yarim himoyachisi Sandro Tonaliga qiziqish bildirmoqda.

Tonalining "qarg'alar" bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi. Biroq u klubni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tez-tez paydo bo'lmoqda.

O'tgan oyda 25 yoshli futbolchi o'z vatani Italiyaga qaytishdan mamnun bo'lishini aytgani haqida ma'lumot tarqalgan edi.

"Nyukasl" Tonalini 80–100 million funt atrofida baholamoqda. Avvalroq unga "Arsenal", "Yuventus" va "Manchester Yunayted" klublari ham qiziqish bildirgani haqida xabarlar chiqqan.

Joriy mavsumda Sandro Tonali Angliya chempionatida 29 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!