“Real” “Barsa” kutayotgan o‘yinchini olib qo‘ymoqchi

  • 07.11.2025 07:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” qishki transfer oynasi davrida “Levante” hujumchisi Karl Eyongni olish orqali jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

- Futbolchining o‘zi yanvar oyida Kataloniya klubi bilan hamkorlik shartnomasini tuzishga tayyorligini, biroq mavsumni ijara asosida “Levante”da yakunlab qo‘yish imkoni berilishini so‘rayapti, - deb yozdi Mundo Deportivo  nashri.

Biroq, Marca nashri jurnalisti Rojer Torelloga tayanib xabar berishicha, 22 yoshli futbolchiga nafaqat “Barselona”, balki  “Real”, “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” va “Arsenal” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

“Barselona” Eyongni 37 yoshli Robert Levandovskiga o‘rinbosar sifatida olib kelmoqchi. Kamerunlik hujumchining amaldagi shartnomasida La Liga klublari uchun 30 million, Angliya Premer-ligasi vakillari uchun esa 40 million miqdorida badal puli ko‘rsatilgan band borligi aytilmoqda.

Joriy mavsumda Eyong Ispaniya chempionatidagi dastlabki 10 ta o‘yinda 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.  Uning shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali uni 20 million evroga baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!