Asosiy mazmunga oʻtish

«Real» «Barselona» yulduzi va Ispaniya terma jamoasi qahramoniga ko‘z tikdi

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

«Real» «Barselona» hujumchisi, JCh-2026 finalida hal qiluvchi gol urgan Ferran Torresni sotib olish imkoniyatini o‘rganmoqda

«Barselona» hujumchisi Ferran Torres «Real» skautlari diqqat markaziga tushdi. Madrid klubi ispaniyalik futbolchini oʻz safiga qoʻshib olish imkoniyatini oʻrganayotgani haqida Marca nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, «Real» rahbariyati Torresning «Barselona»dagi holatini yaqinidan kuzatib bormoqda. Ilgariroq kataloniyaliklar yozgi transfer oynasidan foydalanib, ispaniyalik hujumchini sotishni rejalashtirayotgani haqida maʼlumotlar paydo boʻlgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Ferran Torres JCh-2026da Ispaniya terma jamoasining asosiy qahramonlaridan 

biriga aylandi. U mundial finalida hal qiluvchi gol muallifi boʻlib, jamoasiga gʻalaba keltirgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q