"Real" Bavariya" va "Chelsi" bir futbolchi uchun kurashadi

  • 17.01.2026 22:13
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Yevropaning grand klublari "Renn" markaziy himoyachisi Jeremi Jake uchun kurash olib boradi.

Xabarlarga ko‘ra, "Renn" klubi markaziy himoyachisi Jeremi Jake "Bavariya" klubining diqqat markazida bo‘lib turibdi. Jurnalist Florian Plettenberg bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Myunxen grandi rahbariyati avvalroq "Real"ga o‘tishi mumkinligi aytilgan 20 yoshli futbolchini juda yuqori baholamoqda. Shuning uchun klub imkon qadar futbolchini jamoaga olib kelishga harakat qilmoqchi. Bundan tashqari, Kim Min Jae sotib yuborilmasa Jakening transferi imkonsiz masalaga aylanadi. Avvalroq Londonning "Chelsi" klubi ham futbolchiga qiziqish bildirgan edi.

Ma’lumot  uchun, Jake uchun Yevropaning bir nechta nomdor klublari ham kurash olib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!