
"Real" Bellingem uchun super taklif bilan chiqmoqchi
"Real" Madrid klubi "Borussiya" Dortmund" futbolchisi Jud Bellingemga dahshatli taklif bilan chiqishi kutilmoqda. Bu haqda "Sky Sport Deutschland" nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, "qaymoqranglilar" Bellingemga 100 million evro va Kamavingani qo‘shib berishni rejalashtirmoqda. Ammo Kamavinga "Borussiya"ga o‘tishni istaydimi yoki yo‘q, hozircha noma’lum. Frantsiyalik futbolchining madridliklar bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Bellingem joriy mavsum dortmundliklar safida 23 o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 4 ta assist qayd etgan.
Fikrlar