“Real” bor ekan “Barsa” bu superyulduzni ololmaydi!

  • 19 oktabr, 2024, 14:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” prezidenti Joan Laportaning asosiy maqsadi “Manchester Siti” to‘purari Erling Xolandni Kataloniyaga olib kelish hisoblanadi.

Tecno

Biroq futbol eksperti Patrik Bergerning ta’kidlashicha, 24 yoshli hujumchi uchun kurashda “Real”ning imkoniyati “Barsa”nikidan ancha yuqori baholanmoqda.

Norvegiyalik forvardning o‘zi “shaharliklar” safida ikki yil to‘p tepib, deyarli barcha nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritib bo‘ldi.

Xoland faoliyatini serquyosh Ispaniyada davom ettirishni istayapti. La Liga grandlari – “Real” va “Barselona”ni tinimsiz gol urayotgan hujumchiga o‘z tarkibidan joy berishga tayyor.

Erlingni ayni paytda 2027 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha muzokara olib boryapti. Xoland “Manchester Siti” rahbariyatidan bitimga o‘zini 120 million evroga transfer qilish imkonini beradigan band qo‘shishni talab qilyapti.

Manchesterliklar esa, 200 million evroga baholanayotgan to‘purarni arzon sotib yuborishni istamayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!