Asosiy mazmunga oʻtish

“Real” bosh murabbiyligiga ikki nomzod bor

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Arbeloaning kursisi qimirlab qolgan

“Real” bosh murabbiy almashishi ehtimoli ortib borayotgan holatda Massimiliano Allegri va Maurisio Pochettinoni taklif qilish variantlarini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar beradi L’Équipe nashri.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, jamoaning hozirgi murabbiyi Alvaro Arbeloaning holati jamoa natijalarining beqarorligi, ya'ni Chempionlar ligasidan chiqib ketish va Ispaniyada deyarli chempionlik poygasini yutqazib qo‘yish sababli noaniq bo‘lib qolmoqda.

Murabbiylar shtabida o‘zgarishlar bo‘lgan taqdirda, “Real” tanlashi mumkin bo‘lgan asosiy variantlar qatorida “Milan” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri va hozir AQSh terma jamoasini boshqarayotgan Maurisio Pochettino bor.

Eslatib o‘tamiz, Avvalroq Madrid klubi 2026 yildgi jahon chempionatidan keyin Frantsiya terma jamoasini tark etadigan Didye Desham nomzodini ham ko‘rib chiqayotgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q