“Real” boshqaruviga keladigan yangi murabbiy tarkibni o‘zgartiradi

  • 26 may, 2021, 08:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Real” tez orada bosh murabbiy Zinedin Zidanning iste’foga chiqishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Frantsiyalik murabbiy joriy mavsumda chempionlik unvonini himoya qila olmadi va Evropa Chempionlar ligasini ham erta tark etdi.

Ayni paytda Zidan bir qaror kelish uchun bir hafta muhlat olgan. Agar u “Qirollik klubi”ni tark etadigan bo‘lsa, o‘rniga italiyalik mutaxassis Massimiliano Allegri taklif etiladi.

“Real” rahbariyati bu murabbiy talabiga ko‘ra, u istagan futbolchilarni transfer qilishga va tarkibni yangilashga tayyorligini bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!