“Real”: Bu yulduz aniq bizga o‘tadi!

  • 12.11.2025 17:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning eng qudratli klublaridan “Real” rahbariyati Angliya Premer-ligasining “Kristal Pelas” jamoasi sardori Mark Gexini kelasi yoz erkin agent sifatida Madridga ko‘chib o‘tishiga ishonmoqda.

Yaqinda 25 yoshli Gexining agenti Myunxenga borgani va “Bavariya”ning sport direktori Maks Eberl bilan uchrashgani ma’lum bo‘ldi.

Gexining shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydi va futbolchini erkin agent sifatida qo‘lga kiritishni istaganlar Premer-ligada ham, xorijda ham etarlicha.

Biroq Madridda ishonch bilan ta’kidlanishicha, Gexi boshqa variantlarga qaraganda aynan ularning klubini afzal ko‘radi. Sababi — u erda uning Angliya terma jamoasidagi jamoadoshlari Trent Aleksandr-Arnold va Jud Bellingem faoliyat olib bormoqda.

Bu haqda The Sun nashri jurnalistlari yozdi.

Yanvardan boshlab, “Real” xorijiy klub sifatida Gexi bilan erkin muzokaralar olib borishi va hatto oldindan shartnoma imzolashi mumkin bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!