
“Real” bu yulduzning oxirgi ikki o‘yinini ko‘rib, undan yuz o‘girdi
“Real” rahbariyati jamoa tarkibini Angliyaning eng zo‘r futbolchilaridan biri Rahim Sterling bilan kuchaytirishni rejalashtirayotgan edi.
Avval “Manchester Siti”da porlagan hujumkor futbolchi ayni paytda “Chelsi” a’zosi hisoblanadi.
Madridliklar 27 yoshli futbolchini anchadan beri kuzatib keladi va yozdi uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi. Kutilmaganda, Rahim Sterling “Chelsi”ga o‘tib ketdi. Ispan klubi Sterlingni boy tajribasiga qiziqib qolgan.
Rahim Sterling jamoasini alishtirganidan keyin o‘yini keskin pasayish kuzatilmoqda. Ayniqsa, “aristokratlar” Grem Potterning boshqaruviga o‘tganidan keyin Rahimning ishlari umuman yurishmay qoldi.
Yangi bosh murabbiy uni boshqa pozitsiyalarga qo‘ya boshladi. Sterling yangi talablarga moslasha olmayapti. Bu esa, madridliklarning bu transferdan yuz o‘girishiga sabab bo‘lmoqda.
Fikrlar