"Real"da yo‘qotish, futbolchi mavsum boshlanmay turib jarohat oldi

  • 30.07.2026 17:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» o‘zining rasmiy saytida himoyachi Raul Asensioning jarohat olgani haqida ma’lumot berdi.

Klub xabariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi tekshiruvdan so‘ng o‘ng oyog‘ining son qismidagi to‘g‘ri mushakda shikast aniqlandi. Matnda ta’kidlanishicha, Asensioning maydonga qaytish muddati uning sog‘ayish jarayoni qanday kechishiga bog‘liq bo‘ladi.

Raul Asensio «Real»ning asosiy tarkibida shu paytgacha 80 ta rasmiy o‘yin o‘tkazgan. U shu vaqt mobaynida ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etgan va uch marta hamjamoadoshlariga golli pas yo‘llagan.

«Real» uchun yangi mavsum 22 avgust kuni Ispaniya chempionati doirasida safarda «Espanyol»ga qarshi o‘yin bilan start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!