"Real" Dyumfris transferini yakunlamoqda
Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Denzel Dumfris yaqin vaqt ichida "Real" futbolchisiga aylanadi.
Insayder Fabrizio Romano ma'lumotiga ko‘ra, Madrid klubi futbolchi shartnomasida ko‘rsatilgan 20 million evrolik tovon pulini "Inter"ga to‘lab beradi.
Manbaning ta'kidlashicha, Dumfris bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha barcha masalalar hal qilingan. Tomonlar muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlagan va endi transferni rasmiylashtirish ishlari boshlanadi.
Dumfris 2021/22 yilgi mavsumdan buyon "Inter" sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U shu vaqt ichida jamoaning muhim futbolchilaridan biriga aylandi.

Fikrlar